O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amerikalik hamkasbi Donald Trampga Texas shtatining Sazerlend-Springs shahrida uyushtirilgan ommaviy qotillik munosabati bilan hamdardlik maktubi yo‘lladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
“O‘zbekiston bunday g‘ayriinsoniy va vahshiy zo‘ravonlik aktlarini qat’iy qoralaydi, ularni hech qanaqasiga oqlab bo‘lmaydi deb hisoblaydi”, — deyiladi maktubda.
Davlat rahbari halok bo‘lganlarning yaqinlari va qarindoshlariga ta’ziya izhor qildi, jabrlanganlar tez muddatda tuzalib ketishini tilab qoldi.
Izoh (0)