Ispaniya huquq-tartibot organlari Marokash fuqarosini qo‘lga oldi. U mahalliy maktablardan biriga kirib, bolalarni o‘ldirish bilan tahdid qilgani, bunda “Allohu akbar” deb baqirgani aytilmoqda. Bu haqda, El Mundo gazetasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, voqea 3-noyabr kuni Madriddagi maktabda ro‘y bergan. 44 yoshli erkak qo‘lida idish bilan binoga kirgan, idishda zaharli modda borligini aytgan.
O‘quv muassasi personali va bolalarni mashg‘ulotlarga olib kelgan ota-onalar, erkakni tutib qolishga erishdi va politsiyani chaqirdi. Tekshiruv natijasida idish bo‘shligi aniqlandi. Erkakning yonidan qurol topilmadi.
Hech kim jabrlanmadi. Marokashlik erkak ruhiy xasta ekanligi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)