Donald Tramp Osiyo bo‘ylab turnesi doirasida birinchi bo‘lib Yaponiyaga boradi, deb yozadi TJournal. 5—7-noyabr kunlari Tokioga tashrifi chog‘ida AQSh prezidentiga rafiqasi Melaniya va qizi Ivanka hamrohlik qiladi.
Ularning tashrifi munosabati bilan Yaponiya politsiyasida faqat ayollardan tashkil topgan tarixdagi birinchi otryadni tuzishdi. U Melaniya va Ivankani qo‘riqlashni ta’minlaydi, masalan, sovg‘a yoki gul berishni istab qolishi mumkin bo‘lgan muxlislarning ortiqcha e’tiboridan himoya qiladi.
1-noyabr kuni Tokioda ochiq o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi, unda ayollar politsiyasi qanday harakat qilishini ko‘rish mumkin bo‘ldi.
Tokyo police form all-female team to guard Melania Trump and Ivanka Trump ahead of the president's visit. https://t.co/qyIkGa6TKz pic.twitter.com/dssFdhsdpN
— ABC News (@ABC) November 2, 2017
Izoh (0)