Barselona shahri Kataloniyaning Karles Puchdemon boshchiligidagi hukumatining federal hokimiyat tomonidan chetlashtirilishini qonuniy akt deb hisoblaydi. Bu haqdagi deklaratsiya Kataloniya poytaxtining shahar kengashi tomonidan tasdiqlandi, deb xabar beradi “TASS”.
“Kataloniyaning 2015-yil 27-sentabr kungi plebissitda saylangan hukumati Kataloniyaning legitim hukumati deb tan olinsin”, — deyiladi rezolyutsiya matnida.
Rezolyutsiya “Kataloniya so‘l respublikachilari” partiyasi tomonidan ovoz berishga qo‘yilgan edi.
Shu deklaratsiyaning o‘zida o‘shanda saylangan Kataloniya parlamenti mintaqa xalqining yagona legitim vakili ekanligi ta’kidlandi.
Izoh (0)