Turkiyaning Bilal Bal yuk tashuvchi kemasi Qora dengiz sohilida Shile shahri yaqinida g‘arq bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Turkiyaning Marmar dengizidagi Gemlik portidan Qora dengizning Erigli portiga temir rudasi olib ketayotgan kema ekipaji 13 kishidan iborat edi. Ularning bari Turkiya fuqarolaridir.
Turkiya qirg‘oq qorovuli qidiruv-qutqaruv operatsiyasi chog‘ida halok bo‘lgan to‘rt kishining tanasini topdi.
Kema 1974-yili qurilgan edi.
Izoh (0)