“Tolibon” radikal harakatining yuzlab jangarilari Afg‘oniston shimolidagi Bog‘lon viloyatining tumanlaridan biriga hujum uyushtirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, jangarilar nazorat-o‘tkazish punktlariga keng miqyosli hujumlar uyushtirmoqda, ularning maqsadi Burqa tumanini egallashdir.
To‘qnashuvlar davom etmoqda.
Tuman rahbari Mavlaviy Shamsuddin 700 ga yaqin jangari hujumlarda ishtirok etayotganini tasdiqladi. Ular orasida chet el fuqarolari ham bor.
Izoh (0)