Suriya hukumat kuchlari 2017-yil oxiriga borib mamlakat sharqiy chegarasi ustidan nazorat o‘rnatadi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi mudofaa qo‘mitasi rahbari, general-polkovnik Vladimir Shamanov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Joriy yil oxirigacha hukumat qo‘shinlari sharqiy chegarada nazoratni qo‘lga olishlariga umid qilamiz. Shundan so‘ng IShID ham uyushgan harbiy tizim sifatida faoliyatini tugatadi”, — dedi general.
Shamanovga ko‘ra, Suriyadagi harbiy operatsiyaning asosiy vazifalari deyarli bajarildi, deb hisoblash mumkin.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)