Tailand sobiq bosh vaziri Yinglak Chinavat uni mas’uliyatsizlikda ayblab, sirtdan 5 yil qamoq jazosiga hukm qilgan qirollik oliy sudi qaroriga shikoyat keltirishdan bosh tortdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
The Nation nashriga ko‘ra, shikoyat berish muddati 27-oktabr, juma kuni yakuniga yetdi, biroq na himoya, na ayblov shu paytgacha apellyatsiya shikoyati bermadi.
“Biz u bilan aloqada bo‘lmadik va apellyatsiya muddatini uzaytirish haqida ariza ham bermadik. Shu tariqa, texnik jihatdan olganda, bu ish yopildi”, — dedi sobiq bosh vazirning advokati Noravit Lalang.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yinglak Chinavat Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana so‘ragani ma’lum qilingandi.
Izoh (0)