Rossiyaning Oltoy o‘lkasidagi Rubsovsk shahrida turar-joy xarobalari ostidan ikki marhumning jasadi topildi, deb yozadi “Gazeta.ru” Rossiya FVVning Oltoy o‘lkasi bo‘yicha bosh boshqarmasiga tayanib.
“Xarobalarni tartibga keltirish chog‘ida qutqaruvchilar ikki kishining jasadini topdi”, — dedi muassasa vakili.
Bir qavatli turar-joyda gaz portlashi natijasida tomning bir qismi qulab tushgan, ikkita xonadon butunlay vayron bo‘lgan edi.
Tergov qo‘mitasi Rubsovskdagi gaz portlashidan so‘ng tekshiruv boshladi.
Izoh (0)