Eron prezidenti Hasan Ruhoniy parlamentda 29-oktabr kuni qilgan chiqishida AQSh yadroviy kelishuvga o‘zgartirish kiritishga urinayotganini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Ma’muriyati oldingi ma’muriyatning xalqaro majburiyatlarini buzayotgan mamlakat ishonchga munosib emas” — uning so‘zlarini keltiradi Tasnim agentligi.
Prezident AQSh tomonidan yadroviy kelishuvni qayta ko‘rib chiqishga chaqiriqlarni ahmoqona deb baholadi.
Izoh (0)