Apple kompaniyasi muhandislaridan birini ishdan bo‘shatdi. Xodimning qizi iPhone X smartfoni chiqishidan bir hafta oldin ushbu uskunaga tavsif berib chiqqani bunga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi TJournal.
Bu bilan erkak kompaniyaning ichki qoidalarini buzdi va javobgarlikni to‘laligicha o‘z zimmasiga oldi.
Muhandisning qizi Bruk Pitersoni voqea haqida YouTube’dagi kanali orqali ma’lum qildi.
Qizning so‘zlariga qaraganda, u video bu qadar mashhur bo‘lishini hamda buning oqibatlarini o‘ylamagan. YouTube’da ko‘plab boshqa videoblogerlar gadjetga sharh berib o‘tgani uni ham harakat qilishga undagan edi.
Otasi bilan ish joyida uchrashish paytida muhandis qiziga iPhone X smartfonini sinab ko‘rish uchun bergan. Ushbu sinov asosida video chiqarilgach, tez orada Apple vakillari qiz bilan bog‘lanib, undan videorolikni o‘chirishni so‘ragan.
Qizning otasi tushuntirish xati yozib, kompaniyadan uzr so‘ragan. Ammo bu yordam bermagan. Korporativ qoidalarni buzganlik uchun u ishdan bo‘shatilgan.
Izoh (0)