Prezident Shavkat Mirziyoyev 19—20-may kunlari Turkmanistonga tashrifi chog‘ida Toshkentda Maxtumquli haykali ochilgani, Ashxobod bog‘ini tashkil etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilayotganini qayd etgan edi.
Umumiy maydoni 10 gektardan ortiq bo‘lgan “Ashxobod saylgohi”ga kiraverishda katta favvora qurilgan. “Bog‘dagi xushmanzara daraxtlar, zamonaviy o‘rindiqlar va boshqa qulayliklar kishi kayfiyatini chog‘ qilib, atrof-muhitga so‘limlik baxsh etadi”, — deb yozadi O‘za.
Prezident saylgoh atrofi, unga tutash hududlarni yanada obodonlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Izoh (0)