O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi elchisi Alisher Shayxov qirolicha Yelizaveta II ga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Qirollik oilasining Twitter’dagi sahifasida qoldirilgan xabarga ko‘ra, tantanali marosim Britaniya monarxlari qarorgohi — Bukingem saroyida bo‘lib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Alisher Shayxov 2017-yilning iyul oyida O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi etib tayinlangan edi. Bungacha u O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga rahbarlik qilgan.
Izoh (0)