Hindiston rasmiylari Xitoy bilan chegarada 50 ta qo‘shimcha post tashkil qilib, ular sonini 176 tadan 226 gacha oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda ichki ishlar vaziri Rajnatx Singx ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Yaqinda hukumatdan 50 ta yangi chegara posti qurish taklifini oldik va buning ustida ishlamoqdamiz”, — deydi Singx.
Times of India nashrining ma’lum qilishicha, uzunligi 3 488 kilometr bo‘lgan XXR bilan chegarada qo‘shimcha 4 ta batalyon — to‘rt mingdan ortiq harbiy xizmatchi joylashtiriladi.
Ushbu qaror har bir post nazorat qiluvchi chegara qismi davomiyligini qisqartirish va harakatlar muvofiqligini yaxshilashga qaratilgan.
Qaror Dokalam platosida ikki mamlakat askarlari o‘rtasida iyundan avgust oyi oxirigacha davom etgan qarama-qarshilik yakuni bo‘yicha qabul qilindi.
Izoh (0)