Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Belarus chegarachilari Litva bilan davlat chegarasini kesib o‘tgan bug‘uni tasvirga oldi. Hayvonni navbatchi integrallashgan qo‘riqlash tizimi orqali tasvirga olgan. Chegara xizmatidan ma’lum qilinishicha, ana shunday holatlarda hayvonlar o‘tishi uchun mo‘ljallangan maxsus joylar bor, biroq bug‘u ularni bilmagani sababli chegara to‘sig‘idan sakrab o‘tgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.

“O‘rmon qiroli tez-tez shoshilinch ravishda qo‘shni mamlakat hududiga o‘tadi. “Hujjatsiz qoidabuzar” yaqin hududda joylashgan Viliya daryosidan suv ichish uchun yo‘lga chiqqan bo‘lishi mumkin. Aynan shu daryo orqali bu hududda Belarus va Litva o‘rtasidagi chegara o‘tgan”, — deyiladi Belarus chegara qo‘mitasining bayonotida.

Chegarachilarning tushuntirishicha, qo‘riqlash tizimining sun’iy intellekti “xatosiz ishladi” va halokat signalini bermadi, chunki qoidabuzar odam emas, balki hayvon edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda