O‘zbekiston tashqi savdo vazirligi strukturasiga kiruvchi “O‘ztreyd” kompaniyasi Janubiy Koreyaning KTNET (Korea Trade Network) kompaniyasi va Koreya xalqaro savdo uyushmasi (KITA, Korea International Trade Association) bilan elektron tijorat bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, hujjat UzTrade maydonchasi negizida yagona milliy tashqi savdo elektron platformasini yaratishni ko‘zda tutadi.
Hozirgi paytda resurs O‘zbekiston kompaniyalari taqdim etgan mahsulotlar katalogini tanishtirish uchun xizmat qilmoqda; u ishlab chiqaruvchilar bilan bog‘lanib, eksport shartnomalari tuzish imkonini beradi.
Platformada modernizatsiya o‘tkazilganidan so‘ng eksport-import operatsiyalari kontraktatsiya jarayonini butunlay qog‘ozsiz shaklda boshqarish mumkin bo‘ladi.
KTNET Janubiy Koreya milliy qog‘ozsiz savdo tizimi — TradeKorea operatori hisoblanadi. Unda KITA’ga a’zo 70 mingdan ortiq kompaniyalar mahsulotlari taqdim etilgan.
Izoh (0)