Tayvanlik manbaning tasdiqlashicha, Apple noyabr hamda dekabr oylari uchun iPhone 8 va iPhone 8 Plus’ga bo‘lgan buyurtmalarni taxminan 50 foizga qisqartirgan. Buning oqibatida kompaniya aksiyalarining qiymati 1,5 foizga tushib ketgan. Ekspertlarning ta’kidlashicha, bu kabi holat iPhone tarixida birinchi bor sodir bo‘lishi, deb xabar berdi “Hi-tech.mail.ru”.
iPhone 7 va iPhone 8 o‘rtasida farq bormi?
iPhone X uchun oldindan buyurtmalar berish hali ochilmagan, shu sababli iPhone 8 Apple uchun ham yaxshi, ham yomon yangilik bo‘lishi mumkin. Pessimistik jihatdan qaraganda, xaridorlar iPhone 7 va 8 o‘rtasidagi sezilarli farqni ko‘rmagani uchun keyingi anonsga qadar sabr qilishlari, optimistik tomondan esa, xaridorlar yanada innovatsion iPhone X savdoga chiqishini intizorlik bilan kutayotgan bo‘lishlari mumkin.
“Kutilganidan yaxshiroq”, ammo iPhone 7’dan yomonroq sotilmoqda
Mobil tarmoqlar orqali iPhone 8’ning savdosi borasidagi ma’lumotlarning tasdiqlashicha, iPhone 7 iPhone 8’dan ancha yaxshiroq sotilgan. Buni Foxconn daromadlari to‘g‘risidagi hisobot ham tasdiqlaydi. Shu bilan birga, Amerikaning yirik operatori va sotuvchisi AT&T’ning qayd etishicha, iPhone 8’ning savdosi o‘tgan yildagi iPhone 7’ga nisbatan 900 mingga kamroq.
O‘z navbatida, bir qator mutaxassislar iPhone X’ning sotilishi kelgusi yilda smartfon sanoati savdosining o‘sishiga olib kelishini bashorat qilmoqda.
Izoh (0)