Nokia smartfonlarini chiqaruvchi HMD kompaniyasi 19-oktabr kuni o‘tkaziladigan tadbir haqida e’lon qildi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
Xitoyda bo‘lib o‘tadigan taqdimotda aynan qanday qurilma namoyish etilishi ma’lum emas, ammo u mahalliy yirik chakana savdo kompaniyasi orqali sotuvga chiqariladi.
Bu Nokia 8 ning katta hajmdagi xotirali yangi modifikatsiyasi yoki butunlay yangi qurilma bo‘lishi mumkin.
Avvalroq kompaniya Nokia 9, Nokia 7 va Nokia 2 kabi uchta smartfonni chiqarishga tayyorlanayotgani, ular shu yil yoki kelasi yili taqdim etilishi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)