HP kompaniyasi rassomlar va dizaynerlarga mo‘ljallangan eng baquvvat planshetli ish stansiyasini taqdim etdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
Qurilma ijod uchun Adobe Creative Cloud va boshqa dasturlardan foydalanuvchi professionallar uchun yaratildi. HP ZBook x2 ning asosiy raqibi Microsoft Surface Pro bo‘lishi mumkin, u ham professionallarga mo‘ljallangan.
HP ZBook x2 litiy-magniy qotishmasidan tayyorlangan bo‘lib, planshet rejimida 1,6 kg, noutbuk rejimida 2,1 kg tosh bosadi. Qurilma 14 dyuymli 4K sensorli displey bilan jihozlangan. Planshetga to‘rt yadroli Intel Core protsessori o‘rnatilgan.
HP ZBook x2 32 Gb tezkor (boshqa planshetlarnikidan ikki karra kattaroq) va 2 Tb doimiy xotiraga ega. U grafikaga Surface Pro’ga nisbatan 73 foizga tezroq ishlov bera oladi.
ZBook x2 10 soatgacha avtonom ishlay oladi. Tezkor quvvat olish texnologiyasi sharofati bilan, 30 daqiqada qurilma 50 foizgacha quvvalanadi.
Planshet dekabrda 1749 dollardan boshlanadigan narxda sotuvga chiqadi.
Izoh (0)