Rossiya liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Yangi yil ta’tilini ish ta’tilining qo‘shimcha kunlariga almashtirishni taklif qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Yangi yil ta’tilini yana o‘z holicha qoldirishdi, statistika esa shuni ko‘rsatadiki, 1-dan 10-yanvargacha alkogolni suiiste’mol qilishdan 20 ming kishi bevaqt nobud bo‘ladi. Bu nima kerak?... Dam olish kunlari qolsin, ammo bu ish ta’tilining qo‘shimcha kunlari bo‘lsin, odamning o‘zi qachon dam olishini o‘zi hal qilsin”, — dedi u.
Umumiy bayramlar, uning fikricha, faqat uchta bo‘lishi kerak — 1-yanvar, 9-may va 12-iyunda.
Avvalroq Rossiya hukumati kelasi yil uchun dam olish kunlari taqvimini tasdiqlagan edi: rossiyaliklar 2017-yil 30-dekabrdan 2018-yil 8-yanvargacha 10 kun dam oladi.
Izoh (0)