2013–2016-yillarda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi binolar ekspluatatsiyasi boshqarmasi direktori lavozimida ishlagan fuqaroga nisbatan 30 million so‘m miqdoridagi mol-mulkni talon-toroj qilish aybi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Tergov jarayonida aniqlanishicha, 1961-yili tug‘ilgan gumondor 3 yillik faoliyati davomida boshqarma mol-mulkini talon-toroj qilish bilan shug‘ullangan.
Holat yuzasidan JKning 167-moddasi 2-bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov jarayoni davom etmoqda.
Izoh (0)