Portugaliyaning markaziy va shimoliy qismi hamda Ispaniyaning Galisiya avtonom hamjamiyati shimoli-g‘arbini qoplab olgan yong‘inlar oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
O‘tgan hafta oxiridan beri yong‘inlar tinmayotgan Potugaliyada 71 kishi jarohat oldi. Bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan 7 kishidan 6 nafarini qutqarishga muvaffaq bo‘lindi.
Portugaliyada 4 kun mobaynida o‘rmon yong‘inlari 240 ming gektar maydonni qamrab oldi. Mamlakatda yong‘in qurbonlari xotirasiga 4 kunlik motam e’lon qilindi.
Galisiyada 4 kishi yong‘in qurboni bo‘ldi.
Euronews telekanaliga ko‘ra, 17-oktabr, seshanba kungi yomg‘ir nihoyat yong‘inlarni bartaraf etishga ko‘mak berdi.
Izoh (0)