Rossiya federal xavfsizlik xizmatining Tataristondagi boshqarmasi xodimlari IIV va Rosgvardiya bilan birgalikda “Hizb ut-Tahrir”ning 8 nafar a’zosini qo‘lga oldi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“2017-yil 17-oktabrda ‘Hizb ut-Tahrir’ning Almetevskdagi halqasi a’zolari tomonidan foydalanib kelingan 8 manzilda tintuv o‘tkazildi. Tadbir natijasida 8 kishi, jumladan, halqa yetakchilari qo‘lga olindi”, — deyiladi boshqarma matbuot xizmati xabarida.
Tintuvlar davomida ko‘plab taqiqlangan kitoblar, yollash ishlari bo‘yicha hisobotlar, Tataristonda targ‘ibot ishlari olib borilganini tasdiqlovchi hujjatlar topildi.
Izoh (0)