Pokistonning Belujiston viloyatidagi Kvetta shahridagi ikki terakt oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Jangari politsiya avtomobiliga portlovchi moddalar to‘ldirilgan motorikshani yo‘naltirganidan so‘ng mashina alanga ichida qoldi. Shundan keyin ro‘y bergan portlash oqibatida 5 politsiyachi va ikki fuqaro halok bo‘ldi.
Kvettada, shuningdek, noma’lum shaxslar shahardagi avtoyo‘llardan birida turgan politsiya inspektoriga o‘q uzdi. U olingan jarohatlar oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.
Izoh (0)