Turkiyaning Shirnoq viloyatidagi ko‘mir konidagi o‘pirish oqibatida 7 nafar konchi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hodisa joyiga qutqaruvchilar va shifokorlar yetib keldi. Ikki konchini qutqarishga muvaffaq bo‘lindi.
Halok bo‘lganlar jasadi Shirnoq shahri kasalxonasiga olib kelindi.
Turkiya energetika va tabiiy resurslar vazirligiga ko‘ra, konda faoliyat yuritish uchun litsensiya bo‘lmagan. Korxona 2013-yilda bundan mahrum bo‘lgandi.
Izoh (0)