AQSh Davlat departamenti mamlakat elchixonalari va konsulliklariga 6 mamlakat fuqarolariga vizalar berishni tiklash haqida ko‘rsatma berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” ma’lum qildi.
“Gavayi okrug sudi Davlat departamenti prezidentning Chad, Eron, Liviya, Somali, Suriya va Eron fuqarolariga taalluqli farmoyishini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi order qabul qildi. Shu sababli elchixonalar va konsulliklarimizga bu davlatlar fuqarolariga vizalar berish jarayonini tiklash haqida ko‘rsatma berildi”, — dedi Davlat departamenti vakili.
Prezident Tramp farmoyishining Shimoliy Koreya va Venesuela fuqarolariga tegishli qismi o‘zgarishsiz qoldi.
Izoh (0)