16-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Eron Islom Respublikasiga jo‘nab ketdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasini Tehron aeroportida Eron tashqi ishlar vaziri Ibrohim Rahimpur kutib oldi.
Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy, vitse-prezidenti Suren Sattariy tomonidan qabul qilinadi hamda Eron tashqi ishlar vaziri Javad Zarif va boshqa davlat va tijorat tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, O‘zbekiston-Eron biznes-forumida ishtirok etadi.
Izoh (0)