O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Samarqand va Buxoroda ham bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Checheniston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov boshchiligidagi delegatsiya 16-oktabr kuni Toshkentga keldi. Ramzan Qodirov shahardagi “Ko‘kcha” masjidida bo‘ldi, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qabrini ziyorat qildi.
Bundan tashqari, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida bo‘lib, uning faoliyati bilan tanishdi. Bu oliygohda 1982—1986-yillarda uning otasi — Ahmad Qodirov tahsil olgan.Shuningdek, Ramzan Qodirov 16-oktabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ldi. Suhbat davomida u mazkur tashrifni tashkil etgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi.
Izoh (0)