2017-yilning 11-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Moskvada bo‘lib o‘tgan “ShHT – Afg‘oniston” muloqot guruhining majlisida ishtirok etdi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar — Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston — vakillari Afg‘oniston Islom Respublikasi delegatsiyasi bilan birgalikda Afg‘oniston va uning atrofidagi vaziyat va uni tartibga solish yo‘llari to‘g‘risida fikr almashdi.
ShHT va Afg‘oniston o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.
Izoh (0)