Tojikistonning Xo‘jand shahrida O‘zbekiston savdo markazi ochildi. Bu haqda Tojikiston OAVlariga tayanib, UzDaily xabar berdi.
Savdo markazi sanoat va oziq-ovqat mahsulotlarini, qurilish materiallari va avtomobil qismlarini, turli xil ichimliklar, sport buyumlari va zargarlik buyumlari bilan savdo qiladi.
O‘zbekistonning Tojikistondagi elchisi Shoqosim Shoislomov savdo markazining ochilishida ishtirok etdi.
Asia-Plus nashrining yozishicha, 75 somoni (69 ming so‘mga yaqin)ga erkaklar ko‘ylagi, kamar va galstuk sotib olgan O‘zbekiston elchisi savdo markazining ilk xaridori bo‘ldi.
Izoh (0)