Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammitining tor doiradagi uchrashuvi yakunlandi. Davlat rahbarlari muhokamalarni kengaytirilgan tarkibda davom ettirmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Majlisda Hamdo‘stlik mamlakatlarining Parlamentlararo assambleyasi faoliyatini takomillashtirish masalasi muhokama qilinishi belgilangan. MDHga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlarining Oila instituti va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bayonoti, Hamdo‘stlikda 2019-yilni Kitob yili, 2020-yilni 1941-1945-yillardagi ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi yili, deb e’lon qilish haqida qaror, shuningdek, Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan boshqa hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)