Qirg‘iziston jamoat arboblaridan bir guruhi mamlakatda prezident saylovi arafasida yuzaga kelgan qaltis vaziyatdan xavotir bildirib, bayonot bilan chiqdi. Bu haqda K-News xabar bermoqda.
Hujjatga imzo chekkanlar orasida E.Ibraimova, A.Jekshenkulov, M.Imankulov, B.Bolotbekov va boshqa taniqli davlat arboblari bor.
Unda, jumladan, shunday deyiladi:
“Saylovoldi poygasi yakunlanishi bosqichida yuzaga kelgan qaltis vaziyat kishini xavotirga solmoqda. Bugungi kunda ma’muriy imkoniyatlarning ochiq va har yerda qo‘llanishi, kriminal guruhlar jalb etilishi, sud tizimi, huquq-tartibot idoralari, saylovlar o‘tkazish bo‘yicha markaziy va hududiy komissiyalardan noqonuniy foydalanish, so‘z erkinligiga bosim o‘tkazish, ‘qora piar’ ishlatilishi kuzatilmoqda.
Saylov jarayonining barcha ishtirokchilarini shaxsiy intilishlari va manfaatlarini ko‘zlab, jamiyat bo‘linishiga yo‘l qo‘ymaslik, xalqqa o‘z irodasini erkin bildirish imkoniyatini taqdim etishga chaqiramiz. Biz birinchi galda mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlab qolishimiz, jamiyatni birlashtirish bo‘yicha muloqot sari qadam tashlashimiz va umummilliy yakdillik jarayonini boshlashimiz zarur”.
Izoh (0)