Sochi shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisi boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin kutib oldi.
MDH davlat rahbarlari birgalikda suratga tushdi.
Shundan so‘ng davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi. Unda Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinishi, 2018-yilda MDHga raislik qiladigan mamlakat masalasi ko‘rib chiqilishi, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilishi mo‘ljallangan.
Izoh (0)