Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti maxsus sirtqi bo‘limiga hujjatlarni qabul qilish jarayonlari yakunlandi, deb xabar beradi “Azon.uz”.
Sirtqi bo‘limga 101 ta hujjat qabul qilindi. Abituriyentlar aqoid, fiqh va arab tili fanlaridan ijodiy imtihon topshiradi. Sirtqi bo‘lim uchun 60 ta kvota ajratilgan.
Qabul imtihonlari 12-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)