Katta adron kollayderi antiqa “yubiley”ni nishonladi — unda zarralarning 10 kvadrillion marotaba to‘qnashuvi yuz berdi. Bu yuqori energiya tezlatgichlari uchun mutloq rekord hisoblanadi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
CERN matbuot xizmatiga ko‘ra, katta adron kollayderi ikkinchi yildan beri o‘zi uchun yangi tartibda ishlamoqda: proton zarralari olimlar “yangi fizika” izlarini topishga urinayotgan 13 TeVli energiya bilan to‘qnashtirilmoqda.
Qurilmaning shu yil may oyida yangilangani kollayder ichidagi to‘qnashuvlar sonini keskin oshirdi va ilmiy ma’lumotlar to‘planishini tezlashtirdi.
Yangi tartibda atigi ikki hafta ishlash davomida kollayder faoliyatining oldingi 6 yili davomida yig‘ilgan hajmda ma’lumotlar to‘plandi. Bu esa o‘z navbatida yuqorida keltirilgan rekord darajani qayd etish imkonini berdi.
Izoh (0)