Tinchlik bo‘yicha 2017-yilgi Nobel mukofoti yadro qurolini taqiqlash bo‘yicha xalqaro kampaniya (ICAN)ga “yadroviy quroldan foydalanishning halokatli gumanitar oqibatlariga e’tibor qaratish bo‘yicha ishlari” uchun topshirildi, deb xabar berdi Meduza.
Nobel qo‘mitasining ta’kidlashicha, harakat “bunday qurollarni taqiqlash to‘g‘risidagi bitimni imzolashga muvaffaq bo‘lgan”.
Yadroviy qurolni taqiqlash bitimi 2017-yilning 7-iyulida BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida qabul qilingan. O‘shanda beri unga 53 ta davlat imzo chekdi. Yadroviy quroli bor birorta davlat ushbu bitimni imzolamagan.
Press-relizda qayd etilishicha, AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoy o‘zlarining yadroviy qurollari zaxiralarini bosqichma bosqich qisqartirishga rozilik bergan.
Mavzuga doir: Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini Kadzuo Isiguro oldi
Izoh (0)