Rossiyaning Vladimir viloyatida ro‘y bergan mudhish YTHda halok bo‘lgan kishilardan ikki nafarining shaxsi hali aniqlanmadi. Bular O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolaridir. Bu haqda, o‘zbeklarning Vladimirdagi “Do‘stlik” mintaqaviy jamoat tashkiloti raisi Ulug‘bek Boltaboyev “RIA Novosti”ga ma’lum qildi.
“Ikki kishining shaxsi aniqlanmadi, biri O‘zbekiston fuqarosi, yana biri Qozog‘iston fuqarosi”, — dedi u.
Uning xabar berishicha, qolgan qurbonlarning tanalari bir soatdan so‘ng O‘zbekistonga olib ketiladi. Samolyot Ramenskoyedagi aeroportdan uchadi.
Izoh (0)