Bugun, 7-oktabr kuni Bishkek—Chaldovar avtomobil yo‘lida Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Temir Jumaqodirov o‘tirgan Toyota rusumidagi avtomobil “KamAZ” yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida vazir o‘rinbosari, uning yordamchisi va haydovchisi halok bo‘ldi. Kaktus Media nashri noxush hodisa joyidan olingan suratlarni taqdim etdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi “KamAZ” haydovchisining Toyota Land Cruiser avtomobili qarshisiga chiqib qolishi oqibatida sodir bo‘lgan.
“KamAZ” yuk mashinasi bosh vazir o‘rinbosari o‘tirgan avtomobilni yo‘ldan 20—30 metr nariga qadar sudrab borgan.
Izoh (0)