Kubadagi amerikalik diplomatlar “akustik hujumlar”ga nafaqat diplomatik qarorgohlarda, balki Nacional va Capri mehmonxonalarida ham duch keldi. Bu haqda AQShning xalqaro xavfsizlik bo‘yicha maslahat kengashi saytida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “RBK”.
Kengash xabariga ko‘ra, AQSh hukumati mazkur mehmonxonalarda istiqomat qilishga cheklovlar joriy etdi.
Oldinroq AQSh mamlakatdan Kubaning 15 nafar diplomatini chiqarib yuborgan va bu Gavananing amerikalik diplomatlarga “akustik hujum” munosabati bilan tegishli choralar ko‘rishga qodir emasligi bilan izohlangandi.
Kubadagi AQSh elchixonasi xodimlariga akustik hujumlar avgust oyida ro‘y berdi. Davlat departamenti buning oqibatida 22 kishi jabrlanganini bildirdi.
Izoh (0)