Kataloniyaning “Xalq birligi uchun nomzodlar” partiyasi vakillari “Birgalikda ‘Ha’” koalitsiyasi bilan birga mustaqillik deklaratsiyasi matnini muhokama qilmoqda. Bu haqda siyosiy guruh deputati Karles Riyera El Mundo nashriga bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Riyera Kataloniya parlamenti 10-oktabrga qadar ushbu hujjat matnini ma’qullashiga umid bildirdi.
1-oktabrda Kataloniyada bo‘lib o‘tgan referendumni saylovchilarning ko‘pchiligi Ispaniya tarkibidan ajralib chiqishni yoqlab ovoz berdi. Shu asosda muxtoriyat hukumati mustaqillikni e’lon qilishga tayyorlanmoqda.
Izoh (0)