Iroqdagi diniy ozchilik bo‘lmish sunniylar markaziy va shimoliy hududda mintaqaviy muxtoriyat tashkil etish yuzasidan referendum o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Naynava viloyatidagi arab qabilalari vakili shayx Muzahim al-Xvet sunniy mintaqalari Naynava, Anbar, Diyala, Salohiddin viloyatlari hamda Bag‘dodning bir qismini o‘z ichiga olishini ma’lum qildi.
Naynava viloyat kengashi a’zosi Gazvan Davudiy, o‘z navbatida, sunniylar muxtoriyat tuzish bo‘yicha referendum o‘tkazishiga ishonch bildirdi.
“Sunniylar o‘z rasmiylari, qabila yetakchilari va qonunchilariga bosim o‘tkazmoqda, ular sunniy mintaqasini ta’sis etish ustida ishlashini talab qilmoqda”, — dedi Davudiy.
Izoh (0)