“Lugansk xalq respublikasi” Polshaga yoki Rossiyadan tashqari boshqa biror davlatga ko‘mir yetkazib bermagan. Bu haqda tan olinmagan respublika yoqilg‘i, energetika va ko‘mir sanoati vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
“LXR hududidan olib ketilayotgan ko‘mir Ukrainaning iqtisodiy qamali tufayli bu mamlakatga borib yetmaydi, Rossiyaga yetkaziladi. Uning keyingi taqdiri bizga qorong‘u”, — izoh berdi matbuot xizmati.
Polshaning Dziennik nashri 4-oktabr kuni mamlakatga Doncoaltrade firmasi tomonidan Lugansk xalq respublikasidan 11 tonna ko‘mir keltirilganini ma’lum qildi. Polsha davlat reyestriga ko‘ra, firma 2012-yildan beri Katovitsada ro‘yxatga tirkalgan. Uning raisi va bosh aksiyadori sifatida esa LNR energetika vazirining sobiq o‘rinbosari Aleksandr Melnichuk ko‘rsatilgan.
Keyinchalik Polsha enegetika vaziri Kshishtof Txujevskiy mamlakat televideniyesi efirida mamlakatga Donbassdan ko‘mir yetkazib berilganini tan oldi.
Izoh (0)