Politsiya Las-Vegasda 58 kishining umriga zomin bo‘lgan 64 yoshli Stiven Peddok avvaliga o‘zini o‘ldirishni rejalashtirmaganini isbotlovchi dalillarni topdi. Bu haqda The Guardian nashri Las-Vegas sherifi Jozef Lombardoga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar berdi Meduza.
Lombardoning so‘zlariga ko‘ra, Peddok avvaliga omon qolishni rejalashtirgan, biroq sherif politsiya buni qaysi dalillar asosida aniqlaganini ma’lum qilmadi. Shuningdek, sherifning taxminicha, qotil ushbu jinoyatni amalga oshirish uchun bir o‘zi harakat qilmagan, biroq u bunga hech qanday dalil keltirmagan. Hozircha tergov rasman Peddokni yolg‘iz-qotil deya hisoblamoqda.
Shu bilan birga, politsiyaning aniqlashicha, Peddok ommaviy qotillikni amalga oshirguniga qadar Airbnb orqali Life is Beautiful musiqiy festivali o‘tkaziladigan joy ko‘rinib turadigan xonani ijaraga olgan. U nima maqsadda bunday qilgani noma’lum.
Izoh (0)