Iroq bosh vaziri Haydar al-Abadiy kurdlarning Peshmerga ko‘ngilli otryadlarini hukumat qo‘shinlarining rasmiy qismiga aylanishga chaqirdi. Bu haqda u Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron bilan Parijda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlariga ko‘ra bayonot berdi, deb xabar qiladi “RBK”.
“Men Peshmergani Iroq qurolli kuchlarining federal hukumat yurisdiksiyasidagi rasmiy qismiga aylanishga chaqiraman, bu bilan fuqarolar xavfsizligini ta’minlaymiz. Shunda biz bu zonalarni tiklashimiz mumkin”, — dedi al-Abadiy.
Iroq hukumati rahbari rasmiy Bag‘dod kurdlar bilan qurolli ixtilofni istamasligini ta’kidlab o‘tdi.
“Biz to‘qnashuvni xohlamaymiz, lekin hukumat hokimiyat ustun turishi lozim, hech kim uning vakolatiga qarshi chiqa olmaydi”, — qo‘shimcha qildi bosh vazir.
Izoh (0)