Las-Vegasda 1-oktabr kuni yuz bergan otishmada ayolning smartfoni o‘qni tutib qolib, uning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Ayol zararlangan iPhone’ni uni o‘sha kechada voqea joyidan olib ketgan taksi haydovchisiga ko‘rsatgan. O‘q smartfonning orqa qismiga tekkan va uni o‘yib kirgan. Ayol otishma vaqtida telefonni qanday tutib turgani noma’lum.
Izoh (0)