KXDRda sentabr oyining oxiridan boshlab tijorat shoxobchalarida Koreya Mehnat partiyasi, hukumat, Qurolli kuchlar va maxsus xizmat vakillaridan boshqa barchaga benzin sotish taqiqlandi. Bu haqda Yaponiyaning Asahi nashriga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Benzin savdosining qat’iy cheklovi BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan KXDRga neft va neft mahsulotlari eksportini taqiqlash qaroridan so‘ng, yoqilg‘i zaxiralarini yaratish uchun qo‘llanilmoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, sentabr oxiridan beri KXDRda benzinlar faqatgina raqami 727 soni bilan boshlanuvchi avtomobillarga quyilmoqda. Jamoat transporti hamda xorijliklar mashinasiga qay tartibda yoqilg‘i quyilayotgani haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.
Avvalroq, KXDRda sanksiyalar tufayli benzin narxi yil boshidan beri uch baravarga qimmatlashgani haqida xabar berilgandi. Janubiy Koreya hukumatining baholashicha, KXDRning yillik neft va neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji 700—900 ming tonnani tashkil etadi. Bundan tashqari mamlakatda urush sodir bo‘lishi ehtimolligi uchun 1 million tonna yog‘ilgi zaxirasi mavjud.
Izoh (0)