Portugaliya terma jamoasi hamda Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2025-yilgi “Oltin to‘p” mukofotini kim qo‘lga kiritishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda Championat nashri xabar bermoqda.

40 yoshli forvard ushbu mukofotga nisbatan tanqidiy munosabat bildirdi:
Bu yilgi “Oltin to‘p” sovrinini kim qo‘lga kiritadi? Menimcha, bu soxta mukofot, — deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi Al Nassr Zone.
Eslatib o‘tamiz, “Oltin to‘p” mukofotining amaldagi g‘olibi “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri hisoblanadi. O‘tgan mavsum ko‘plab mutaxassislar ushbu sovrinni “Real” hujumchisi Vinisius qo‘lga kiritshini taxmin qilgan edi, biroq amalda ispaniyalik futbolchi g‘olib bo‘ldi.
Ushbu mavsum mukofot uchun asosiy da’vogar “PSJ” hujumchisi Usmon Dembele hisoblanadi. Fransiyalik futbolchi yakuniga yetgan mavsum jamoasi bilan mamlakat chempionligi, kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, “PSJ” bilan UEFA Chempionlar Ligasida ham zafar quchdi.
Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida besh marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan. Bu borada undan faqat Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi ko‘proq g‘oliblikka erishgan — 8 marta.
- Ronaldu 2023-yil yanvaridan buyon “An-Nassr” safida to‘p surmoqda.
- Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
- Transfermarkt portali portugaliyalik hujumchining qiymati 12 million yevroga baholanmoqda.
Izoh (0)