28-sentabr kuni Chexiyaning Toshkentdagi elchixonasida Chex davlatchiligi va Avliyo Vatslav kuni munosabati bilan tantanali qabul uyushtirildi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
Chex davlatchilig kuni 2000-yildan beri nishonlanadi. U 28-oktabr kuni nishonlanadigan mustaqillik kuni qatorida respublikaning asosiy bayramlaridan biri hisoblanadi.
Sana buyuk chex knyazi Vatslav bilan bog‘liq. 935-yil 28-sentabrida u ukasining buyrug‘iga ko‘ra o‘ldirilgan edi. Yetti yillik hukmronlik davrida Vatslav xristianlikni yoyish hamda Pragani Markaziy Yevropaning savdo markaziga aylantirish bo‘yicha muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi.
Chexiyaning O‘zbekistondagi elchisi Yaroslav Siro taklif qilgan mehmonlar orasida diplomatik missiyalar rahbarlari, poytaxt jamoatchiligi vakillari, madaniyat va san’at vakillari bor edi.
Kechada kapelmeyster Yirji Letovski boshchiligidagi “Bedrnik” chex folklor guruhi chiqish qildi.
Izoh (0)