“Rossiyskaya gazeta” mamlakatda sotilayotgan eng arzon yangi o‘nligini tuzdi. Ushbu reytingga Ravon R2 va Ravon Nexia ham kiritildi, deya xabar beradi “1news.uz”.
Nashrga ko‘ra, Lada Granta sedani Rossiyada sotilayotgan eng arzon avtomobil bo‘lib chiqdi (389 900 rubl). Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni ham Rossiyada ishlab chiqarilgan mashinalar — Lada Priora sedani (399 900 rubl) va Lada Granta liftbeki (414 900 rubl) egalladi.
Eng arzon mashinalar beshligiga Ravon R2 (439 900 rubl) va Lada Kalina xetchbeki (440 600 rubley) kirdi.
Ro‘yxatdan, shuningdek, Datsun on-DO sedani (442 ming rubl), Ravon Nexia (449 ming rubl) va Brilliance H230 sedani (459 ming rubl) ham o‘rin oldi.
Rossiyada sotilayotgan eng arzon avtomobillar reytingini Lada 4x4 yo‘ltanlamasi (475 ming rubl) va Renault Logan (479 ming rubl) yakunlab berdi.
Izoh (0)