IShID Marseldagi Sen-Sharl vokzalida pichoq bilan qurollangan holda o‘tkinchilarga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Mazkur hujum oqibatida ikki ayol halok bo‘ldi.
Hujum qilgan shaxs politsiyachilar tomonidan yaralandi va hibsga olinganidan so‘ng ko‘p o‘tmay vafot etdi.
Politsiyaga ko‘ra, gap Shimoliy Afrikada tug‘ilib-o‘sganligi taxmin qilinayotgan 25-30 yoshlardagi shaxs haqida ketmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)